Sirdaryoda vahima ko‘tarildi. Hokim odamlarni tinchlantirishga chiqdi

Jamiyat 37495
image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi.

Bu xabar toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg‘otgan. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlar ham bo‘ldi.

Bundan xabar topgan Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev tumanlarga yetib borgan.

G‘ofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalishiga hech qanday asoslar mavjud emasligini bildirdi. Aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirgan.

O‘zbekiston FVVning Tojikiston rasmiylaridan olgan ma’lumotiga ko‘ra, Qayroqqum suv omboriga shikast yetmagan va normal holatda ishlamoqda. 

 

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1843
Reyting: 2.9
t
×