Sirdaryoda quturish kasalligida gumon qilingan erkak vafot etdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quturish kasalligiga gumon qilingan 64 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqaroni joriy yilning fevral oyida o‘zining 3 yoshli, qora rangli iti chap oyoq boldir sohasini tishlagan. Biroq u iyul oyigacha bo‘lgan vaqt davomida tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan. Shuningdek, u 18 iyul kuni soat 19:20 da viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga quturish kasalligiga gumon qilinib, yotqizilgan. Bemor o‘tkazilgan davo muolajasiga qaramasdan, 19 iyul kuni soat 21:35 da vafot etgan. Undan namuna olish uchun patologik anatomiya tekshiruviga jo‘natilgan.

Marhumga jarohat yetkazgan itni boshqa fuqarolarga jarohat yetkazganligini o‘rganish va kasallik oldini olish maqsadida marhum yashash manzilida shtab tashkil etilgan. Tibbiyot xodimlaridan iborat 10 ta guruh tuzilib, 32 nafar tibbiyot xodimlari xonadon aylanish tadbirlariga jalb etilgan. Sanepidqo‘mitaning Boyovut tumani bo‘limi 10 nafar xodimlari epidemiologik surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Bildirilishicha, Sirdaryo viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarma mas’ullari hamda tuman mutaxassislari tomonidan mahalladagi barcha xonadonlardagi itlarni, mushuklarni quturish kasalligiga qarshi emlash tadbirlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo quturish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing