Sirdaryodagi kollejda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida er xotinini qasddan yetti marotaba pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 2 mart kuni soat 08:20 larda fuqaro R.U. Yangiyer shahar tibbiyot kollejining 2-bosqichida tahsil olgan turmush o‘rtog‘i D.U.ni kollej hovlisida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i yordamida yetti marotaba pichoqlab, qasddan o‘ldirgan. Ma’lum qilinishicha, bu holatga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng R.U. sodir qilgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish maqsadida qo‘lidagi pichoq bilan o‘zining bo‘yin va ko‘krak sohalariga ikki marotaba urib, o‘ziga-o‘zi og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Fuqaro R.U. olgan tan jarohatlari bilan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhuma 1982 yilda tug‘ilgan bo‘lib, oilaning 3 nafar farzandi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar prokuraturasi tomonidan R.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing