Sirdaryoda Lacetti va Nexia-2 to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 3 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Lacetti va Nexia-2 avtomobillari to‘qnashishi oqibatida to‘rt kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

YTH tumanning “Turg‘un Ahmedov” MFY hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Termiz – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-2 avtomasinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvga Lacetti haydochisi boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovchisi va mashinadagi 3 nafar yo‘lovchii olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi esa olgan og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing