Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Sirdaryoda korxona 1,5 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irladi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, jami 1,5 mlrd so‘mlik zarar keltirgan korxona aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Yangihayot” MFYda joylashgan “A. P.” MCHJda gazdan foydalanish holati ko‘zdan kechirilganda korxonada o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasining ruxsat etilgan maksimal o‘lchash chegarasidan chetga chiqqan holda ikki dona nostandart yondirgichdan foydalanilayotgani aniqlangan. Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirilgan va 1 milliard 558 million so‘mlik zarar hisoblangan.

Shuningdek, Guliston shahar “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X. R. xonadonida hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 379 million 787 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Bildirilishicha, holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing