Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
20 iyun 2025 4020 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida qalbaki 1 600 AQSH dollarini 10,2 mln so‘mga sotayotganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar fuqaro M.X.ga Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskani oldida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 AQSH dollarini 10,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan 2,06 kg metallni 70 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxslar ushlangan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025