Sirdaryoda biryo‘la 3 ta do‘konga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
29 iyul 2547 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan do‘konlardan biriga o‘t ketdi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 12:22 da “112” tizimidan Sirdaryo viloyati FVBga Sirdaryo tumani, “Yoshlik” MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 3 ta qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:00 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 3 ta do‘konning taxminan 80 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, mas’ul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar mas’ullari chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi