Sirdaryoda avtomobil yo‘lovchilari bilan kanalga cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
18 iyun
27483Sirdaryo viloyatida Nexia-2 haydovchisi va yana to‘rt nafar yo‘lovchi kanalga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, joriy yilning 17 iyun kuni soat 13:00 larda Nexia-2 rusumli avtomashina viloyatning Shirin shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasini Nurobod mahallasi bilan bog‘lab turuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanali ustidagi transport vositalarining o‘tishi uchun mo‘ljallangan ko‘prikda boshqarib borayotib, nazoratni yo‘qotgan hamda yo‘nalishga nisbatan chap tomondagi ko‘prik to‘sinlariga urilib, kanalga tushib ketgan. Oqibatda mashinada bo‘lgan haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi hodisa joyida cho‘kib ketgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor-qutqaruv ishlari davomida kanaldan haydovchi va uch nafar yo‘lovchining jasadi hamda avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan. Hozirda avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchini qidirib topish ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoga bir vaqtning o‘zida 11 kishi cho‘kib ketgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi