Sirdaryoda Adliya bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan Sirdaryo tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi sho‘’ba boshlig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mas’ul organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi sho‘’ba boshlig‘i M.B. fuqaro Sh.U.ning ishonchiga kirib, unga 1,4 mln so‘m evaziga yashash xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytgan. Tuman adliya bo‘limi xodimi oldindan 1,2 mln so‘mni tanishi N.S.ning plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing