Sirdaryoda 7 kilolik chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat
−
13 aprel 2022
15931Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksida uncha muncha emas, naqd yetti kilolik qizaloq tug‘ildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sanat Qodirovning aytishicha, chaqaloqning salomatligi yaxshi. Ona va bolaga shifokor va hamshiralar belgilangan tartibda yordam ko‘rsatyapti. Ularning salomatligi nazoratda.
Chaqaloq kesarcha kesish amaliyoti orqali olindi.
Ta’kidlanishicha, bunday vaznli chaqaloq, Sirdaryo viloyat tarixida birinchi bor tug‘ilgan. Uni dunyoga keltirgan ona, asli Sirdaryo tumanidan bo‘lib, 1998 yilda tug‘ilgan.
LiveBarchasi