24 soat tuproq ostida qolgan 11 oylik çaqaloq tirik holda topildi

Olam

−

image

AQŞning Janubiy Karolina ştatida qariyb 24 soat davomida tuproq ostida qolgan 11 oylik çaqaloq tirik holda topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Voqea keça, 10 noyabr kuni sodir bölgan. Koa Şarp ismli çaqaloq onasining uyida otasi Maykl Komerning qaramoğida qolgan. Ona yumuş bilan taşqariga çiqqanidan söng bola bedarak yöqolgan. Bu haqda xabar berilişi bilan politsiya va qutqaruvçilar keng kölamli qidiruv işlarini boşlagan.

Qidiruv guruhi çaqaloqni Komerning otasiga tegişli uydan taxminan 45 metr uzoqlikdagi örmon hududidan topgan. U yerda yaqinda kovlangan tuproq izlari aniqlangan. Çaqaloq soçiqqa öralgan holda itlar qafasi içiga joylaştirilib, sayoz çuqurlikka kömilgan bölgan.

Leksington okrugi şerifi Jey Kun matbuot anjumanida çaqaloqning yiğisini eşitiş qidiruvçilar uçun eng quvonçli lahza bölganini aytgan.

“Biz 11 oylik Koani tirik, hayot uçun kuraşayotgan va yiğlayotgan holatda topdik. Çaqaloqning yiğisini eşitişdan ortiq quvonçli ovoz yöq“, degan u.

Ma’lum qilinişiça, bolaning otasi Maykl Komer joriy yilning 9 noyabr kuni keçqurun öğrilik va hibsga olişga qarşilik körsatişda gumonlanib qölga olingan. Şerifning aytişiça, unga qöşimça ayblovlar qöyiş masalasi prokuratura bilan muhokama qilinmoqda.

Hozirda çaqaloq şifoxonada. Şifokorlar uning soğayib ketişiga umid qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yaşar bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topilgan edi. Uni öldirişda gumonlanib, 27 yoşli qarindoşi qölga olingan. Politsiya ma’lumotiga köra, erkak köproq pul topiş maqsadida bolaning a’zolarini sotişni rejalaştirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing