Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex aniqlandi
3-sahifa
−
20 noyabr
2511Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan sex fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Yangiyer shahri bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.Z.” MCHJ mas’ul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlangan edi.
LiveBarchasi