Sirdaryoda 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
14 noyabr
2297Sirdaryo viloyatida 5 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MCHJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonasi o‘z binosida hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 5 mlrd 25 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagan sex aniqlangandi. Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
LiveBarchasi