Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ovqat tiqilib qolib, vafot etdi
3-sahifa
−
19 avgust
9009Sirdaryo viloyatida 2 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ovqat tiqilib qolib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 7 avgust kuni soat 11:10 larda Mirzaobod tumanida sodir bo‘lgan. “Yo‘ldoshobod” MFYda joylashgan YATT “A,Z,A,” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2022 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchisi I.S. (o‘g‘il bola) to‘satdan vafot etgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, I.S.ning o‘limiga nafas yo‘llarining ovqat massasi bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
“Holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi