Sirdaryoda 2 oylik chaqaloqni 18 ming “ko‘kiga” sotmoqchi bo‘lishdi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yashovchi shaxslar 2020 yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloq farzandini 18 000 dollarga sotmoqchi bo‘lishganida qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

“Joriy yilning 23 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi "L" va "M" ismli shaxslar "L" ismli shaxsning 2020 yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloq farzandini 18 000 AQSH dollari evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olingan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18 000 AQSH dollari olingan.

Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Sardoba

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing