Sirdaryoda hokimlarga Tracker olishi uchun mahalliy byudjetdan 4 mlrd so‘m ajratildi
Jamiyat
−
29 iyul 2023
4030Sirdaryoda viloyat hokimining o‘rinbosarlariga hamda tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomashinasi sotib olishi uchun 4 mlrd so‘m ajratildi.
Bu haqda E-qaror platformasida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining VI-52-98-9-0-K/23 raqamli qarori e’lon qilindi. Hujjatda ba’zi sarf-xarajatlar uchun viloyat mahalliy byudjetining 2023 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan 7,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi qayd etilgan.
Ilovada ajratilgan mablag‘lar nimaga sarflanishi keltirib o‘tilgan. Jami mablag‘dan 4 mlrd so‘mi viloyat hokimining o‘rinbosarlari hamda tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobili xarid qilishga ishlatiladi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda barcha tuman va shahar hokimliklari tasarrufida jami 107 ta mashina bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi viloyat hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.
Shundan so‘ng, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish uchun 4 mlrd so‘m ajratilayotgani haqida QALAMPIR.UZ’da e’lon qilingan maqola yuzasidan viloyat hokimi munosabat bildirgan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi