Sirdaryo hokimligi 477,9 mlnlik “toychoq”dan voz kechdi

Jamiyat

image

Avvalroq Sirdaryo viloyati hokimligi 477,9 mln so‘mga KIA Sorento Comfort avtomobilini xarid qilgani haqida xabar bergan edik.

Viloyat hokimligi holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgani sabab avtomobil yetkazib berish to‘g‘risida kompaniya bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.

“Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lib, tarmoq faollari o‘z qarashlarini bayon etdi. Keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hokimlik hamda avtomobil yetkazib beruvchi avtosalon o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘lar mahalliy byudjetga tiklangan holda viloyatdagi ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing