Gulistonda xonadonni narkolaboratoriyaga aylantirganlar ushlandi

3-sahifa

−

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlab, sotish bilan shug‘ullangan uch nafar fuqaro tomonidan tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Guliston shahrida tashkil etilgan narkolaboratoriya aniqlangan. Unda 2003 va 2005 yillarda tug‘ilgan 3 nafar mahalliy fuqaro ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berib, sotish bilan shug‘ullangan uch nafar fuqaro ushlangan.

Xolislar ishtirokida ushbu manzildan 5 kg 863 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 100 ming dona bo‘sh kapsulalar, 2 dona elektron tarozi, tibbiy qo‘lqoplar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi (G‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Davlatobod tumanida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlab, Telegram orqali sotgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing