Qorakölda uyida narkolaboratoriya taşkil etgan şaxs uşlandi

3-sahifa

−

image

Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida xonadonida narkolaboratoriya taşkil etib, Toşkentga yuboriş uçun 1 kilogramm 753 gramm sintetik giyohvandlik moddasini tayyorlagan şaxs aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida viloyat Içki işlar boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Joriy yilning 11 noyabr kuni oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida Qoraköl tumani Qorahoji mahallasi Dehqonobod qişloğida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan fuqaroning xonadoni va yordamçi xöjalik binosida tintuv ötkazilgan. Natijada uyidagi alohida xonada narkolaboratoriya taşkil etilgani aniqlangan.

Közdan keçiriş davomida xonadon va yotoqxonadagi ovoz çiqariş qurilmalari içidan umumiy oğirligi 1 kilogramm 753 gramm bölgan alfa-PVP sintetik giyohvandlik moddasi topilgan.

Şuningdek, tibbiy qölqoplar, niqoblar, skotç, polimer paketlar, ikkita vakuum uskunasi, turli hajmdagi şişa idişlar, noma’lum suyuqliklar, elektron tarozi, qadoqlaş uskunalari hamda elektr peçi aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Suriştiruv davomida gumonlanuvçi sentyabr oyidan buyon Telegram-bot orqali “zakladçik” sifatida faoliyat yuritib kelgani aniqlangan. U sintetik giyohvandlik moddalarini narkodökon kuratorining topşiriği bilan Toşkent şahriga yuboriş maqsadida tayyorlagan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi (ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatining Marğilon şahrida fuqaroning xonadonidan sof oğirligi 1 kilogramm 889 gramm bölgan “marixuana” topilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing