Chirchiqda ijara xonadonini narkolaboratoriya qilganlar ushlandi (video)
Jamiyat
−
15:49 607 2 daqiqa
Chirchiq shahrida ijaraga olingan xonadonda giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2000 va 2002 yillarda tug‘ilgan shaxslar qo‘lga olingan. Ular ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, Telegram messenjeridagi xorijlik kuratorlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, “gashish” giyohvandlik vositasini tayyorlab kelgan.
Xonadon ko‘zdan kechirilganda taxminiy og‘irligi 400 gramm bo‘lgan “gashish”, 5 kilogramm yarim tayyor mahsulot, giyohvandlik vositalarini quritish uchun mo‘ljallangan elektr pech, mikser, qo‘lqoplar, himoya vositalari, tarozi hamda yelim idishlar aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushlangan shaxslarning 1 nafari avval Rossiyaga, 2 nafari esa Vetnam va Tailandga borib, laboratoriya sharoitida giyohvandlik vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangani ham aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-1-moddasi (g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish) 3-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi