Toşkent viloyatida 6 ta korxona iflos suvni oçiq joyga oqizgani aniqlandi

3-sahifa

−

image

Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida faoliyat yuritayotgan 6 ta korxona oqova suvlarni yetarli darajada tozalamasdan oçiq joylarga taşlab kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Ekopolitsiya xodimlari tomonidan tumandagi korxonalarda reyd tadbirlari ötkazilgan. Tekşiruv davomida “B.S.I.”, “M.K.”, “P.U.”, “Sh.R.B.” va “S.S.P.” korxonalarida qum-şağal aralaşmasini qayta işlaş jarayonida hosil bölgan oqova suvlar tozalanmasdan oçiq joylarga çiqarilgani aniqlangan.

Olingan namunalar laboratoriya tahlilidan ötkazilganda, suv tarkibidagi muallaq moddalar miqdori belgilangan me’yordan bir neça barobar yuqori ekani ma’lum bölgan.

Şuningdek, “I.Q.S.” ixtisoslaştirilgan ta’mirlaş-quriliş taşkilotida ham oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan oçiq joyga taşlangani aniqlangan. Qayd etilişiça, uşbu holatlar böyiça ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi ham olinmagan.

Bildirilişiça, holatlar yuzasidan har bir korxona uçun kompensatsiya tölovlari hisob-kitob qilingan. Aniqlangan qoidabuzarliklarga huquqiy baho beriş uçun töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida ikki fuqaro tegişli ruxsatnomasiz dölana tergani uçun jami 7 million 480 ming söm ma’muriy jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing