Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar keldi

Jamiyat

image

Bekzod Ismatov Bozorboyevich Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

U 2021 yil may oyidan hozirgi vaqtga qadar Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Ma’lumot uchun, Bekzod Ismatov 1981 yil Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov bu lavozimda 2022 yil sentyabridan buyon ishlab kelayotgandi. U 2023 yil 27 iyul kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektor davomida ishdan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing