Sirdaryo hokimi senator bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Kecha, 15 iyun kuni Guliston shahridagi viloyat hokimligi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etgan.

Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilgan va Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangan.

Ma’lumot uchun, Akmal Azimjonovich Mahmudaliyev joriy yilning 7 aprel kuni Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi. Bungacha u 2022 yildan beri Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyun kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo senator Akmal Mahmudaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing