Sinner Mayami turniri finaliga chiqdi

Sport

image

Bugun, 28 mart kuni Mayami turnirining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Italiyalik tennischi Yannik Sinner va chexiyalik Irji Legechka turnirning finaliga yo‘l oldi.

Mukofot jamg‘armasi 9,4 million dollardan ortiq bo‘lgan musobaqa yarim finalida Sinner germaniyalik Aleksandr Zverevni mag‘lub etdi. Uchrashuv 6/3, 7/6 (7:4) hisobida dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi foydasiga yakunlandi. Bahs 1 soat 53 daqiqa davom etdi.

Chexiyalik tennischi Irji Legechka esa yarim finalda Daniil Medvedevni 6/4, 6/3 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, finalda Sinner chexiyalik Irji Legechkaga (ATP reytingida 21-o‘rin) qarshi kortga chiqadi. Ushbu to‘qnashuv joriy yilning 30 mart sanasiga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 mart kuni Mayami turniri ayollar bahslarida Arina Sobolenko qozog‘istonlik tennischi Elena Ribakinani mag‘lub etib, final bosqichiga chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mayami Yannik Sinner Irji Legechka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing