Sinner ketma-ket ikkinchi marta Uimbldonda chempion bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 12 iyul kuni italiyalik tennischi Yannik Sinner Uimbldon turnirining finalida germaniyalik Aleksandr Zverevni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Londonda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda dunyoning birinchi raketkasi hisoblangan Sinner ikkinchi raqam ostida saralangan Zverevni 6/7, 7/6, 6/3, 6/4 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, so‘nggi 11 yil ichida ilk bor Uimbldon finali ketma-ket ikkita tay-breyk bilan boshlandi.

Ochiq davrda (1968 yildan buyon) Sinner Uimbldon yakkalik bahslarida chempionlik unvonini himoya qilgan o‘ninchi tennischiga aylandi. Undan avval bu natijaga Rod Leyver (1968–1969), Jon Nyukomb (1970–1971), Born Borg (1976–1980), Jon Makenroy (1983–1984), Boris Bekker (1985–1986), Pit Sampras (1993–1995 va 1997–2000), Rojer Federer (2003–2007), Novak Jokovich (2014–2015, 2018–2019, 2021–2022) hamda Karlos Alkaras (2023–2024) erishgan edi.

Bu g‘alaba Sinner faoliyatidagi 100-“Katta dubulg‘a” turniridagi g‘alabasi bo‘ldi. Italiyalik tennischi bu marraga 24 yoshu 317 kunligida yetib keldi. Ochiq davr tarixida bundan yoshroq yoshda mazkur natijaga faqat Born Borg, Boris Bekker, Mats Vilander, Rafael Nadal (barchasi 23 yoshida), Novak Jokovich (24 yoshu 29 kun) va Pit Sampras (24 yoshu 156 kun) erishgan.

Shuningdek, bu Zverevning Sinnerga qarshi ketma-ket o‘ninchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Tomonlar o‘zaro jami 15 marta to‘qnash kelgan. Germaniyalik tennischi oxirgi marta italiyalik raqibini 2023 yilgi “US Open” turnirida mag‘lub etgan edi. Qiziq jihati, Zverev ushbu finalgacha bo‘lgan 7 ta o‘zaro uchrashuvda ilk bor Sinnerdan kamida bir set olishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing