Singapurda yangi Prezident saylandi

Olam

image

Singapur Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Tarman Shanmugaratnam mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 70,4 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar beradi.

Uning prezidentlikdagi raqiblari Ng Kok Song va Tan Kin Lian 15,72 foiz va 13,88 foiz ovoz to‘plagan. Saylovlarda jami 2,48 milliondan ortiq singapurliklar qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 may kuni Singapurning avvalgi Prezidenti Halima Yoqub ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgandi. 24 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yoqubni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev samimiy qarshi olgan.  Singapurning ilk ayol Prezidenti Samarqandga poyezdda borgan edi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Singapur yangi Prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing