Singapur tarixida ilk bor denge bezgagi keng ko‘lamda tarqalishi kutilmoqda – OAV

Olam

image

Singapur rasmiylari mamlakat tarixida ilk bor denge bezgagi keng ko‘lamda tarqalishini kutmoqda. Bu qisman COVID-19 pandemiyasi tufayli ijtimoiy cheklovlar bilan bog‘liq. Bu haqda bugun, 4 iyun kuni “The Straits Times” gazetasi yozmoqda.

Dastlabki besh oy ichida denge bezgagiga chalinganlar soni 9,2 ming kishidan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p, deb yozadi gazeta. Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligining prognoziga ko‘ra, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 2013 yildagi tarixiy maksimal darajadan oshib ketishi mumkin. O‘shanda mamlakatda 22 mingdan ortiq ushbu bezgakka chalinish holati qayd etilgan edi.

Bundan tashqari, yil boshidan beri Singapurda dengedan 12 kishi halok bo‘ldi. O‘tgan yil ushbu ko‘rsatkich 20 kishini tashkil etgan edi.

Infeksiyaga chalinganlar sonining ko‘payishi "hayot tarzidagi o‘zgarishlar, pashsha-chivinlar ko‘paygan vaqtda ko‘pchilikning uyda bo‘layotgani" bilan izohlanadi. Bir vaqtning o‘zida, bu yil taxminan 30 yil oldin kuzatilgan kuchliroq isitma turi qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida, denge bezgagi subtropik va tropik iqlimli o‘lkalarda tarqalgan xavfli virusli kasallikdir. Uning asosiy tashuvchilari Aedes aegypti chivinlari hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Singapur

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing