Singapur Prezidenti Samarqandga poyezdda bordi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 25 may kuni Singapur Prezidenti Halima Yoqub Samarqand shahriga “Afrosiyob” poyezdida bordi. Oliy martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Singapur Prezidenti Halima Yoqubga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 may kuni Singapur Prezidenti Halima Yoqub ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Uni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar aeroportda kutib olgan edi. 24 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yoqubni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qilgan. O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida iqtisodiyot, sanoat, turizm, madaniyat va boshqa sohalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolandi. Davlatlar o‘rtasidagi sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Singapur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing