Sindorov Jahon kubogining keyingi bosqichiga chiqdi

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Musobaqada o‘z yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov turnirning 1/16 finaliga yo‘l oldi.

1/32 finalida Sindorov fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan bahs olib bordi. Birinchi partiyada o‘zbekistonlik shaxmatchi oq donalarda harakatlanib, durangga imzo chekdi. 2-partiyada Sindorov qora donalarda o‘ynagan bo‘lsa ham, ajoyib yurishlar qilib raqibidan ustun keldi. G‘alaba orqali o‘zbekistonlik shaxmatchi qimmatli reyting ochkolariga ham ega bo‘ldi.

Endi Sindorov 1/16 finalda hindistonlik Arjun Erigaysi bilan kuch sinashadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev musobaqadagi ishtirokini to‘xtatgandi. Abdusattorov Jahon kubogining 1/64 finali bahslari doirasida reytingda o‘zidan 60 pog‘ona pastda bo‘lgan turkiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Yoqubboyev Vengriya vakiliga 1:1-1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Arjun Erigaysi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing