Sindorov Blyubaum bilan yana durang o‘ynadi
Sport
−
08 aprel 3749 1 daqiqa
Bugun, 8 aprel kuni Kiprda davom etayotgan Nomzodlar turnirining 9-turida o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov germaniyalik raqibi Mattias Blyubaum bilan bahs olib bordi. Sportchilar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin ham durang bilan yakunlandi.
Ushbu turda Sindorovning eng yaqin ta’qibchilari Anish Giri va Fabiano Karuana o‘zaro bahs olib bordi. Unda hindistonlik shaxmatchining qo‘li baland keldi. Raund yakuniga ko‘ra, Sindorov 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Nomzodlar turnirida ilk bor qatnashayotgan Sindorov musobaqani hozircha mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda. U avvalgi turlarda Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanadha, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey I ustidan g‘alaba qozongan. Mattias Blyubaum hamda Giri bilan o‘yinlar durang bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, 15 aprelgacha davom etadigan turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon chempionligi uchun bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi. 500 ming AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega musobaqaning ikkinchi davrasi kecha, 7 aprel kuni start oldi.
Live
Barchasi