Simeone Gvardiolaning “ishongan tog‘i”ni olib kelmoqchi
Sport
−
05 iyun
3095“Atletiko Madrid” klubi bu yilgi transfer siyosatiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Klub rahbariyati ushbu yozda “Manchester Siti” forvardi argentinalik Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
“Atletiko Madrid” garchi moliyaviy jihatdan “Manchester Siti” bilan raqobat qilolmasa ham, “matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone futbolchiga “Manchester Siti” jamoasidagi o‘yinlaridan ko‘ra ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni va’da qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xulian Alvares bu mavsum “shaharliklar” safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi. Ayni vaqtda uni “Transfermarkt” portali 90 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko Madrid” avvalroq “Real Madrid” darvozaboni Andrey Luninga ham qiziqish bildirgandi.
Xabibulloh Rayimov
LiveBarchasi