“Siberian Wellness”dan ekologik toza kelajakka investitsiyalar

Biznes

q_2

Tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan tanilgan ushbu yirik xalqaro kompaniya endilikda konsentrlangan meva sharbatlari ishlab chiqarishni boshladi. Ushbu zavodning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. 

Ishlab chiqarish majmuasi 90 nafar xodimni doimiy ish bilan ta’minlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ularning huquqlarini va mehnat xavfsizligini kafolatlaydi.  

415 gektar maydonda barpo etilgan bog‘larda parvarish qilinayotgan daraxtlar soni bugun 350 mingga yetdi. Bog‘larda tuproq, suv yoki havo ifloslanishining oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilgan. Yevropa navlarining O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilishi ularning sifatini oshirish imkonini beradi. Shu sababdan ham joriy yilda ming tonna yuqori sifatli meva yig‘ishtirib olish rejalashtirilgan. Hozirda mahsulotlar Rossiyaga eksport qilinmoqda, BAAga ham yetkazib berish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. 

Bog‘larda 80 nafar odamga to‘liq stavka ish o‘rni yaratilgan. Mavsumda esa 200 tagacha ishchilar yollanadi. 

Barchaga ma’lumki, O‘zbekistonda yetishtiriladigan mevalar takrorlanmas ta’mi bilan boshqalardan farq qiladi. Noyob ekotizim, ideal havo va tuproq, maksimal quyosh miqdori mevalarning sifatini ta’minlaydi. Shu sababdan ham “Siberian Wellness” bog‘larning joylashuvini tanlashga alohida e’tibor qaratgan. Oliy navli mahsulotni yetishtirish arzonga tushmaydi, ammo unga doimo talab katta. 

Korxona mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi bir emas, bir nechta sertifikatlarga ega. Korxonaning oziq-ovqat xavfsizligi eng yuqori standarti FSSC 22000 talablariga javob berishini ko‘rsatuvchi sertifikat shular jumlasidandir.

Shuningdek, kompaniya GLOBAL G.A.P sertifikatini ham qo‘lga kiritgan. Bu orqali kompaniyaning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari xavfsiz, sifatli ekanligi hamda ekologik standartlarga muvofiq ishlab chiqarilganligini bilish mumkin. Shuningdek, mazkur sertifikat ishchilarning kasbiy salomatligini, atrof-muhitni va hayvonlarni muhofaza qilinayotganligini ham anglatadi. GLOBAL G.A.P sertifikati Yevropa, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, BAA mamlakatlari uchun tasdiqlangan.

Bundan tashqari, “Siberian Wellness” MDH davlatlari, Turkiya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Malayziya va Indoneziya standartlariga javob beradigan qat’iy “Halol” sertifikatiga ham ega. 

Korxona tabiiy resurslarni tejaydi va ekologik xavfsizlikni nazorat qiladi. Bog‘ning har bir xodimi o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashadi. Jumladan, ularda ekostandartlarga muvofiq harakat qilish ko‘nikmasi shakllantiriladi. 

“Siberian Wellness” ning ekologiya va tabiiy mahsulotlar sohasiga qo‘shayotgan hissasi shu bilan cheklanib qolmaydi. Kompaniya yaqin kelajakda Farg‘ona vodiysida 2 ming gektar bog‘ barpo etib, pektin va inulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Natijada esa bo‘sh ish o‘rinlari yanada ko‘payadi, yangi texnologiyalar amaliyotga joriy etiladi.

Bundan tashqari, joriy 2024 yilning may oyida biofaol qo‘shimchalar ishlab chiqariladigan liniya ham ishga tushirildi. Unda pektin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu esa katta yutuqlardan biri. Chunki butun dunyoda pektinga talab katta. Shuningdek, odatda pektin ishlab chiqarishda atrof-muhitni ifloslantiruvchi kimyoviy birikmalardan foydalanadi. Ammo “Siberian Wellness” jamoasi ushbu jarayonni samarali va xavfsiz bajarish imkonini beruvchi texnologiyalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu bir vaqtning o‘zida Farg‘ona vodiysi ekotizimini saqlab qolish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish demakdir. Joriy yilning so‘ngiga kelib, yana 10 ta biofaol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi klasterni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +99878 113 87 67

Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.

Shuningdek, bizning infouz@sibval.com manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha

Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.siberianhealth.com

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Halol sertifikat ekologiya Siberian Wellness Tabiiy mahsulotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing