Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi
Olam
−
05 may 2025 7192 1 daqiqa
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 7-10 may kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif bilan boradi hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Bildirilishicha, tashrif davomida tomonlar har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy masalalarni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi.
Shuningdek, bir qator ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning imzolanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 9 may kuni Moskvaga kelishdan bosh tortganini aytgandi. Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish taklifini qabul qilmagan.
Live
Barchasi