Si Szinpin Markaziy Osiyoga kelyapti

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 4-6 iyul kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Tashrif respublika Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, davlat rahbarlari tor va keng doiralarda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Xitoy rahbari boshqa rasmiy tadbirlarda ham ishtirok etadi.

Xususan, tashrif davomida Si Szinpin Tojikiston hukumati va parlamentining yangi binolarining ochilishida ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni paytda yangi binolar maydonlarida so‘nggi obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xitoy TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Si Szinpin bundan oldin 2-4 iyul kunlari Qozog‘istonga ham tashrif buyuradi va u yerda SHHT sammitida ishtirok etadi. Sammit ishtirokchilari iqtisodiy va energetika masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tojikiston Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing