Shvetsiyaning qachon NATOga to‘liq a’zo bo‘lishi ochiqlandi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘tgan hafta blokning barcha mamlakatlariga maktub yo‘llab, unda Shvetsiya 28-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishdan kechiktirmay alyansga a’zo bo‘lishi kerakligi haqida yozdi. Bu haqda Shvetsiya hukumatining ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

23 oktyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an parlamentga Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni taqdim etdi. Tartibga ko‘ra, hujjat dastlab Xalqaro ishlar komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Ma’qullansa, protokol parlamentning to‘liq a’zolari tomonidan ovozga qo‘yiladi.

Endi Turkiyaning rasmiy roziligidan keyin Vengriya tegishli qarorni qabul qilishi kerak, deb yozadi “Bloomberg”. Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqi vaziri Jessika Rosvall Lyuksemburgda jurnalistlarga bu masalani vengriyalik hamkasbi bilan muhokama qilish niyatida ekanini aytdi. 

"Biz Vengriyadan ham tez qaror qabul qilishini kutamiz va imkon qadar tezroq ittifoqqa a’zo bo‘lishni xohlaymiz", deydi u.

Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokol hozircha alyansning 31 davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan, faqat Turkiya va Vengriya uni tasdiqlamagan. NATO, Turkiya va Shvetsiya o‘rtasida iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan ittifoq sammiti oldidan ushbu hujjatni Anqara tezroq ratifikatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Shu bilan birga, Turkiya tomoni arizani ma’qullash uchun bir qancha shartlarni, jumladan, terrorizmga qarshi kurashish hamda YeI bilan iqtisodiy va vizaviy integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha hamkorlikni ilgari surdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing