Shvetsiyaning ilk ayol Bosh vaziri saylanganidan bir necha soat o‘tib, iste’foga chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Shvetsiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi rahbari Magdalena Andersson hukumat rahbari sifatida bir sutkadan kamroq vaqt o‘tkazganidan so‘ng bosh vazirlik lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda “Radio Sweden” xabar bergan.  

“Shvetsiyaning yangi saylangan Bosh vaziri Magdalena Andersson parlamentdagi ovoz berishda Bosh vazir etib saylanganidan bir necha soat o‘tib iste’foga chiqdi”, deyilgan xabarda. 

Shvetsiyaning bir palatali parlamenti Riksdag kecha, 24 noyabr kuni Anderssonni hukumat rahbari etib tasdiqlagan va u mamlakat tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘lgandi. 

Shundan so‘ng deputatlar muxolifat taklif qilgan hujjatga ovoz berib, hukumat byudjeti loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan. Ushbu ovoz berish natijasida Atrof-muhitni himoya qilish partiyasi Shvetsiyadagi ozchilik hukumatini tashkil etuvchi koalitsiyadan chiqdi. Andresson esa iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyi boshida Stefan Lyoven Shvetsiya Bosh vaziri lavozimini tark etgandi. U 2012 yildan boshlab Shvetsiya Sotsial-demokratik partiyasini boshqargan va 2014 va 2018 yillarda partiyani ikkita saylovda g‘alaba qozonishiga sababchi bo‘lgan. Biroq, so‘nggi paytlarda partiya faoliyati ancha sustlashgan. Bu Shvetsiya fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalarida o‘z aksini topgan. Lyovenning ta’kidlashicha, 2022 yilgi saylovlar oldidan partiyaga yangi rahbar tayinlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya Bosh vazir

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing