Shvetsiyada koronavirus sabab jinoyatchilik darajasi oshgani aytildi

Olam

image

Shvetsiyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni koronavirus pandemiyasi fonida 2019 yilning shu davriga nisbatan 26 foizga oshdi. Bu haqda Politsiya boshqarmasi e’lon qilgan hisobotda aytilgan.

"Jinoyatlar sonining eng katta o‘sishi giyohvand moddalar bilan bog‘liq holatlardir. Ushbu jinoyatlar miqdori 26 foizga oshgan. Koronavirus pandemiyasiga qaramay, Shvetsiyaga giyohvand moddalarni yetkazib berish davom ejtmoqda. Shu sabab, politsiya bunday jinoyatlarga ko‘proq e’tibor berishni boshladi”, dedi “Korona” maxsus guruhi rahbari Per Engstryom.

Shu bilan birga, politsiya mart oyining o‘rtalaridan 2020 yil aprel oyining o‘rtalariga qadar o‘g‘irlik va talonchilik kabi boshqa jinoyatlar sonining sezilarli darajada pasayganini qayd etdi. Tahlilchilar buni koronavirus tarqalishining yuqori cho‘qqisida shvedlar uyda qolishni afzal ko‘rishgani va restoranlarga borishdan qochishgani bilan izohlashdi.

Biroq may oyidan jinoyatchilik darajasi avvalgi holatiga qaytishni boshladi. "Biz koronavirus pandemiyasi jinoyatlar soniga ta’sir qilganini kuzatishimiz mumkin, ammo hozir statistika oldingi darajaga qaytganligini ko‘rsatmoqda", deb ta’kidladi Engstryom.

Bugungi kunga qadar Shvetsiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 4,8 mingta o‘lim holati qayd etilgan, 50 mingdan ortiq odam infeksiyadan zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing