Shvetsiyada Qur’onni yoqmoqchi bo‘lganlarga ruxsat berilmadi

Olam

image

Stokgolm politsiyasi Iroq elchixonasi oldida Qur’on yoqish bilan miting o‘tkazishga ruxsat bermadi. Bu haqda kecha, 16 fevral kuni kuni SVT telekanali xabar berdi. 

“Umuman olganda, xavfsizlik politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Qur’onni yoqish harakatlari soni ortgan va buning ortidan qisqa muddatda Shvetsiya va Shvetsiya manfaatlariga hujum qilish xavfi ham ortishi mumkin”, deyiladi politsiyaning rejalashtirilgan aksiya bo‘yicha qarorida.

O‘tgan hafta Stokgolm politsiyasi ham Turkiya elchixonasi oldida Qur’on yoqib yangi aksiya o‘tkazishga ruxsat bermadi. Namoyish uchun ariza bergan Apallarkerna guruhi Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi va bu harakat jarayonni sabotaj qilish usuli bo‘ladi. Xavfsizlik politsiyasi avvalroq bunday namoyishlardan keyin qirollikka qarshi terrorchilik tahdidlari soni ortganini qayd etgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Turkiya va Shvetsiya o‘rtasida Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Qur’on yoqib yuborilgani sababli katta janjal kelib chiqqan edi. Musulmonlar uchun muqaddas kitob joriy yilning 21 yanvar kuni Turkiya diplomatik missiyasi oldida o‘ng qanot ekstremistik “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan tomonidan ommaviy ravishda yoqib yuborildi.

Bundan tashqari, yanvar oyi o‘rtalarida Kurdiston Ishchi partiyasi (PKK)ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kurd demokratik jamoat markazi uyushtirgan mitingda namoyishchilar Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tasviri tushirilgan qo‘g‘irchoqni Stokgolm meriyasi qarshisidagi ko‘prik ustuniga oyog‘idan osib ketgan edi. 

Boshqa mamlakatlarda Shvetsiyaga munosabatni tahlil qiluvchi Shvetsiya institutida ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar oyida musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan  harakat qirollikning dunyodagi obro‘siga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg kecha, 16 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurib, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi va qo‘shma matbuot anjumanida Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoralab, Turkiya va dunyodagi musulmonlarning his-tuyg‘ularini tushunish bilan qabul qilishini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing