Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol topildi
Olam
−
08:59 1948 1 daqiqa
Shvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yillik homilador ayol skeletini aniqladi. Uning bachadoni sohasida haddan tashqari yaxshi saqlangan homila qoldiqlari topilgan. Bu haqda Shvetsiya davlat radiosi SR xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh homilador ayolning qoldiqlari Lilla-Karlsyo orolidagi Suder-Vagnxus g‘orida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida aniqlangan.
Qayd etilishicha, arxeologlar ayolning bachadoni sohasida juda yaxshi saqlangan homilani topgan. Mutaxassislar uning yoshi taxminan 9 ming yil ekanini baholagan.
Arxeolog va loyiha rahbari Aleksandr Ryosen Shyostrandning ta’kidlashicha, bu dunyoda ma’lum bo‘lgan eng qadimiy va yaxshi saqlangan homila namunalaridan biri hisoblanadi.
Bildirilishicha, ushbu topilma jahon miqyosida noyob kashfiyot sifatida baholanmoqda. Ayni paytda hududdagi arxeologik qazishmalar davom ettirilmoqda. Olimlar ayolning kelib chiqishi va uni dafn etish marosimining xususiyatlarini aniqlashni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Qozog‘istonning Qostanay viloyatida arxeologlar tosh davriga oid noyob dafn joylarini aniqlagandi.