Shvetsiya Ukrainaga 7 milliard dollarlik harbiy yordam beradi
Olam
−
23 may 2024 3902 1 daqiqa
Shvetsiya Ukrainaga kelasi uch yil ichida 75 milliard shved kroni (7 milliard dollar) miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatish rejasini kelishib oldi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
“Shvetsiyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini kuchaytirish va uzoq muddatli istiqbollarni yaxshilash maqsadida hukumat va Shvetsiya demokratlari Ukrainaga 2024 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda harbiy yordam ko‘rsatish asosini kelishib oldi”, deyiladi xabarda.
75 milliard kron miqdori uch yil davomida teng taqsimlanadi. Oldindan kelishilgan paketni hisobga olgan holda, Shvetsiyaning Kiyevga harbiy yordamining umumiy miqdori 100 milliard shved krondan ortiqni tashkil qiladi.
Hukumat bayonotida qayd etilishicha, harbiy yordam Ukrainaga harbiy texnikani tekin topshirish, mablag‘ o‘tkazish va harbiy texnika sotib olish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olishi mumkin.
Live
Barchasi