Shvetsiya ham NATOga kirishga qaror qildi
Olam
−
16 may 2022
6211Shvetsiya NATOga a’zolik uchun ariza berishga rasman qaror qildi. Bu haqda mamlakatning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi bayonotiida aytiladi.
“Bugun, 15 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sotsial-demokratlar kengashi Shvetsiyani NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishga harakat qilishiga qaror qildi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Shu bilan birga, mamlakat rahbariyati o‘z hududida yadro quroli va doimiy harbiy bazalarni joylashtirishni taqiqlashga erishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiya Prezidenti ham kecha mamlakati NATOga ariza topshirishga qaror qilganini bildirdi. Joriy yilning Finlyandiya parlamenti mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi uchun ovoz beradi.
Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga intilishlari
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush boshlashi ortidan uzoq yillar davomida betaraflik maqomida bo‘lib kelgan Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish harakatiga tushdi.
Joriy yilning 12 may kuni Finlyandiya Prezidenti va Bosh vaziri mamlakat NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi. NATO ham bu davlatni ortiqcha jarayonlarsiz tashkilotga olishga tayyorligi bildirildi.
Buning ortidan rasmiy Moskva Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘lishini e’lon qildi.
“Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Shimoliy Yevropa mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga hamda Rossiya-Finlyandiya ikki tomonlama munosabatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Rossiya o‘z milliy xavfsizligiga bu borada yuzaga keladigan tahdidlarni to‘xtatish uchun ham harbiy-texnik, ham boshqa xarakterdagi javob choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Bundan tashqari, Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi rahbariyati 15 may kuni Alyansga qo‘shilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakat kelasi hafta NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi.
11 may kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ikkala Skandinaviya davlatiga tashrif buyurib, Shvetsiya va Finlyandiya rahbarlari bilan o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.
13 may kuni esa NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga ijobiy qaramasligini bildirdi.
LiveBarchasi