Sho‘rchiga yangi hokim qo‘yildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 sentyabr kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda, O‘zbekiston RespublikasiPrezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyada ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Botir To‘rayevich Alimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Sho‘rchi tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Shu kungacha viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Hayitovich Xudoyberganov Sho‘rchi tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Xudoyberganov 1976 yilning 19 martida Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Muzrabot tumani hamda Termiz shahar hokimliklari moliya bo‘limi mudiri, 2017 yildan viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Sho'rchi

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing