Surxondaryoda AYOQSH yonib ketdi. Bir kishi jabrlandi
3-sahifa
−
04 may 2021 6942 1 daqiqa
Bugun, 4 may kuni soat 09:42da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Ozod” MFYda joylashgan “Ozod tex oil” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in soat 10:05 da qurshab olingan va soat 10:36 da to‘liq bartaraf etilgan.

Oqibatda 25 m kub dizel yoqilg‘i saqlash rezervuari ichidagi taxminan 2 m kub dizel yoqilg‘isi va rezervuar yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 2 ta 10 m kub va 1 ta 5 m kub yoqilg‘i saqlash rezervuarlari yong‘indan saqlanib qolingan.
Yong‘in sababi shoxobcha hududida payvandlash ishlarini olib borishi oqibatida kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro kuyish tan jaroxatini olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust