“Shu talabalar Inoyatov va Abdurahmonovni davolashi kerak”. Tibbiyot yo‘nalishida super-kontrakt saqlab qolindi

Jamiyat

image

Joriy o‘quv yilida ham tibbiyot yo‘nalishiga super-kontrakt asosida talabalar qabul qilinadigan bo‘ldi. Ammo avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot sohasidan super-kontraktni olib tashlash bo‘yicha hukumatga taklif kiritilganini ma’lum qilgandi. 

Kecha, 5 sentyabrda Oliy ta’lim vazirligi 2023-2024 o‘quv yili uchun super-kontraktning minimal miqdorini e’lon qildi. Ushbu ma’lumotnomada super-kontrakt asosida talabalar qabul qilinadigan yo‘nalishlar ro‘yxatiga tibbiyot ham kiritilgan. Ushbu sohada umumiy hisobda 12 yo‘nalish bo‘yicha o‘tish baliga 4 baldan ko‘p yetmagan abituriyentlar oddiy to‘lov-kontraktining 8,10,12,15 va hatto, 17 barobarini to‘lab, talaba bo‘lishi mumkin. 

Bu holatga iqtisodchi Otabek Bakirov tanqidiy munosabat bildirdi. 

“Shu talabalar “medik” bo‘lib (Sog‘liqni saqlash vaziri) Inoyatovni, (Oliy ta’lim vaziri) Abdurahmonovni davolashi kerak”, deb yozgan iqtisodchi o‘zining X sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ayrim talabalarning to‘lov-kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

super-kontrakt talabalar Inoyatov Tibbiyot Abdurahmonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing