Shu oy Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi
Jamiyat
−
05 iyul 2022
7027Joriy yilning 21 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tadi. Kecha, 4 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov uchrashuvga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
Qirg‘iziston rahbari Matbuot xizmatining qayd etishicha, uchrashuv Qirg‘izistondagi Issiqko‘l bo‘yida, Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari ushbu tadbirda ishtirok etish bo‘yicha taklifini allaqachon qabul qilgan. Xususan, kecha Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qilgan Tojikiston va Qozog‘iston Prezidentlari ham mazkur uchrashuv yuzasidan fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini ilgari surgandi.
Shu munosabat bilan, dastlabki sammit 2018 yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi 2019 yil noyabrida Toshkentda, uchinchisi 2021 yil avgustida Turkmanistondagi “Avaza” sayyohlik maskanida bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi