Shuhrat Abdurahmonovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 sentabr 2020 9735 1 daqiqa
Bugun, 9 sentyabr kuni Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Yig‘ilishda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Shokirjon Mamajonovich Boltaboyev tayinlandi.
Tayinlovga qadar Shokirjon Boltaboyev Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, viloyatdagi Asaka, Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust