Andijon hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga ko‘ra, Akmaljon Maxammatumarovich To‘lanov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U shu vaqtgacha O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Isomiddin Bahriddinovich Ismanov Abdurahmonovning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, u Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Tezkor vaziyatlarni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Akmaljon To‘lanov 1989 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. U 2013 yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan. Isomiddin Ismanov esa 1981 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari Marhamat tumani hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Abdurahmonov hokim o'rinbosari Andijon hokimi Akmaljon To'lanov Isomiddin Ismanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing