Xorazm viloyati hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
15:50 1394 1 daqiqa
Muzaffar Iskandarovich Qalandarov – Xorazm viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Muzaffar Qalandarov tayinlovga qadar viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Doniyor Muqumjonovich Yusupov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Oldinroq esa Doniyor Baxtiyorovich Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U Ta’lim va ilm-fan vaziri bo‘lgan Erkinjon Turdimovning o‘rnini egalladi.
Live
Barchasi