Shuhrat Abdurahmonov yana Andijon hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yangi chaqiriqdagi ilk sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi faollari, shuningdek, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Olim Soliyev ishtirokidagi yig‘ilishda tashkiliy masala – viloyat hokimini lavozimga tayinlash ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga Shuhrat Abdurahmonovning nomzodini xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgani o‘qib eshittirildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z lavozimiga qayta tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon viloyati Shuhrat Abdurahmonov

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing