Shtukenbrok qabristonida urush vaqti dafn etilgan uch o‘zbekning qabri topildi

Jamiyat

image
Birinchi Prezidentning nabirasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi north_east

Birinchi Prezidentning nabirasi Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Video: Germaniyadagi asirlar lagerida vafot etgan 35 o‘zbek xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi north_east

Video: Germaniyadagi asirlar lagerida vafot etgan 35 o‘zbek xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi

Avvalroq, joriy yilning 6 fevral kuni “101 vatandosh izidan” loyihasiga start berilgani, loyiha ishchi guruhi O‘zbekiston — Germaniya — Niderlandiya — Polsha — Belarus — Rossiya —O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha ekspeditsiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 

Ekspeditsiya a’zolariga shu kunga qadar Berlin, Shtukenbrok (Germaniya), Amsterdam, Amersfort (Niderlandiya) shaharlarida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan o‘zbek o‘g‘lonlari shaxsini aniqlashga qaratilgan o‘rganishlar olib bormoqda.

Ular mazkur davlatlarda uchrashuvlar o‘tkazilib, arxiv hujjatlari va voqea guvohlarining qimmatli ma’lumotlarini to‘pladilar. Xususan, O‘zbekistonning Germaniya elchixonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida fashistlar tomonidan tashkil etilgan Stalag 326 VI K Senne harbiy lageriga tegishli Birodarlik qabristonida o‘zbek jangchilari dafn etilgan joy aniqlangan edi. Ekspeditsiya a’zolari O‘zbekistondan olib kelgan tuproq u yerda qabrlari aniqlangan 3 nafar o‘zbekistonlik qabriga qo‘yilgan. Bunda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakillari yaqindan ko‘maklashgan. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan “101 vatandosh izidan” ekspeditsiyasi a’zolariga Ikkinchi jahon urushida Germaniyadagi Stalag 326 VI K Senne harbiy lagerida asirga tushgan 360 nafar o‘zbekistonliklar ro‘yxati hamda 35 nafar o‘zbek askarining aynan Shtukenbrok qabristonida dafn etilgani bo‘yicha arxiv hujjatlari topshirildi. Ekspeditsiya a’zolari tomonidan 3 nafar vatandosh qabri shu yerning o‘zida aniqlandi. Ular:

(Saodarov Nurali) Safarov Nurali Safarovich, 1912 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1943 yil 5 mart kuni vafot etgan. Otasi — Bekmarov Safar, onasi — Safarova Qundus.
(Ommaviy dafn etilgan qabr toshining 48-sida dafn etilgan)

(Avizub Bagron) Avezov Bahron, 1921 yilda tug‘ilgan. 1944 yil 8 mart kuni vafot etgan. Turmush o‘rtog‘i — Xursanova Norjon.
(Birodarlik qabristoni uchun o‘rnatilgan 36 ta qabr toshning 29-sida dafn etilgan)

(Ruzmet Atrachman) Ruzmetov Abdurahmon,  1918 yil 3 martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Onasining ismi (Zgoida) ehtimol Saida bo‘lishi mumkin. 1944 yil 9 iyulida vafot etgan.
( Birodarlik qabristoni uchun o‘rnatilgan 36 ta qabr toshining 32-sida dafn etilgan)

2020 yilning 11 fevral kuni ekspeditsiya a’zolari Amersfort shahri yaqinida dafn etilgan 101 noma’lum askar qabrlarini ziyorat qildilar. U yerda kam sonli shaxsi aniqlangan urush qurboni — navoiylik askar Saidqul Qahhorov qabriga uning Nurota tumanidagi hovlisidan keltirilgan turpoq qo‘yildi. Ishchi guruh tomonidan, shuningdek, tashrif yakunida Toshkent shahrida joylashgan Xotira bog‘iga qo‘yish uchun o‘zbeklar dafn etilgan ushbu qabriston turpog‘i ham olib ketildi.

Shuningdek, katta hajmdagi o‘rganishlar olib borgan niderlandiyalik jurnalist Remko Reyding bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar 101 vatandosh shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish, ularga bag‘ishlab tasvirga olinayotgan hujjatli film doirasida hamkorlik qilish, O‘zbekiston va Niderlandiya hududlarida askarlar xotirasiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarini o‘tkazish hamda delegatsiyalar tashriflari masalalarini muhokama qildilar. Mazkur tadbirlarni tashkillashtirishda O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi vakillari yaqindan ko‘maklashdilar.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili QALAMPIR.UZ Berlinda bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nabijon Qosimov bilan aynan "Shtukenbrok" qabristoniga umumiy holda dafn etilgan35 o‘zbekistonlik haqida suhbatlashib qaytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ikkinchi jahon urushi Fashizm

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing